Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Rossiyaga boradi
2017 yilning 30 noyabr – 1 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Sochi shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining (bosh vazirlar) 16-yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari mintaqa va jahondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashishadi, ShHT doirasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamdagi masalalari, Tashkilotga a'zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining bajarish bo‘yicha Tadbirlar rejasining amalga oshirish jarayoni va ko‘p qirrali kun tartibining boshqa masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, yig‘ilishda kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston vakillari, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Ijroiya qo‘mitasi, Ishbilarmonlar kengashi va ShHTning Banklararo birlashmasi Kotibiyat rahbarlari hamda qator xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026