Jahon | 15:27 / 29.11.2017
10777
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya politsiyasi "gruzin mafiyasi"ga qarshi kurash boshladi – OAV 

Foto: Periodico

Ispaniya milliy politsiyasi korpusi va Kataloniya milliy politsiyasi hamkorlikda Kataloniya va Madriddagi "gruzin mafiyasi"ga qarshi amaliyotlarini boshladi. Bu haqda Periodico gazetasi politsiyadagi manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Politsiyachilar Barselonadagi bir necha uyda tintuv ishlarini o‘tkazgan. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida Madridda ham shunday amaliyot o‘tkazilmoqda. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushlanganlar orasida "mafiya" rahbarining rafiqasi ham bor, deb yozadi gazeta.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid