Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyevning kichik qizi ham yangi lavozimni egalladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kichik qizi Aliya Nazarboyeva Qozog‘iston Ekologik tashkilotlar assotsiatsiyasi prezidiumiga rahbar bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Ortsom.kz portali.
"Assotsiatsiya prezidiumiga Aliya Nazarboyeva rahbar bo‘ldi, u “Jamiyat uchun ahamiyatli tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi”ni boshqaradi. Jamg‘arma esa, o‘z navbatida, ekologiya masalalari bilan shug‘ullanadi. Assotsiatsiya vasiylik kengashi “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Raye Kvon Chung orqali taqdim etilgan, u yashil o‘sish Kontseptsiyasi muallifi sanaladi", - deya ta'kidlanadi tarqatilgan xabarda.
Qozog‘iston ekologik tashkilotlar assotsiatsiyasi o‘z oldiga tizimli ekologik tashabbuslarni ilgari surish va generatsiyasi uchun maydonchalar yaratish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, sarmoyalarni jalb qilish, xalqaro loyihalar va dasturlarda ishtirok etish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish, “yashil” texnologiyaning tatbiq etilishiga ko‘maklashish, shaharlarda barqaror rivojlanish prinsiplari bo‘yicha ekologik infratuzilmani rivojlantirish hamda innovatsiyalarni ilgari surish, Qozog‘iston Respublikasining ekologik masalalar bo‘yicha qonunchiligini takomillashtirish kabi vazifalarni qo‘yadi.
Ostonada dekabr oyida Assotsiatsiya a'zolarining davra suhbati shaklidagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda ekologik masalalar bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish muhokama etiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 noyabr kuni Qozog‘iston parlamenti Senatining xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi, Nursulton Nazarboyevning katta qizi Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi faoliyati masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining yangi raisi etib saylangandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025