Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seleksiya yutug‘i patentini tiklash uchun nima talab etiladi?
Intellektual mulk agentligi bosh direktorining buyrug‘i (2017 yil 23 noyabrda 2950-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan Seleksiya yutug‘i patentining amal qilishini tiklash qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjat 14.09.2017 yildagi O‘RQ-446-son Qonunning tegishli moddalari ijrosi yuzasidan qabul qilingan. Qoidalar patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda to‘lanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan seleksiya yutug‘i patentining amal qilishini tiklash tartibini belgilaydi.
Belgilangan shakldagi iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan Intellektual mulk agentligiga (Agentlik) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e'tiboran 3 yil ichida, biroq patentning amal qilish muddati tugaguniga qadar topshiriladi.
Iltimosnomaga tegishli yilda patentni o‘z kuchida saqlab turish uchun patent boji to‘langanligi hamda patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Patentning amal qilishini tiklash va patentni o‘z kuchida saqlab turish uchun boj to‘langanlik holati bitta to‘lov hujjati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki ERI bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda taqdim etiladi. Hujjatlar Agentlikka kelib tushgan kundan e'tiboran 15 kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
Patentning amal qilishi tiklanganidan keyin bu to‘g‘ridagi ma'lumotlar tegishlicha:
• Agentlikning rasmiy axborotnomasida e'lon qilinadi;
• O‘simlik navlari davlat reyestri yoki Hayvon zotlari davlat reyestriga kiritiladi;
• patent egasiga yoki uning vakiliga patentning amal qilishi tiklanganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.
Hujjat 15.03.2018 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
07:21 / 26.03.2026
Texnologiyalar qayerda yaratiladi: patentlar bo‘yicha davlatlar reytingi
19:11 / 19.03.2026
Rossiyada migrantlarning farzandi va patent egalari uchun qoidalar kuchaytiriladi
22:26 / 19.02.2026
Rossiyada ishlayotgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilishi mumkin
22:48 / 17.02.2026