Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB YHXB tomonidan “Tozalash-Antiterror” tadbirlari o‘tkazilmoqda
2017 yilning 20 noyabrdan 26 noyabr kuniga qadar, “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan reydlar o‘tkazildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur reydlar davomida 17.617 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan bo‘lib, jumladan: 1256 ta belgilangan tezlikni me'yoridan oshirish, 549 ta svetoforning taqiqlovchi ishorasiga harakatlanish, 156 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 568 ta uyali telefondan foydalanilganlik holatlari aniqlangan hamda 414 piyodaga jarima solindi.
Shuningdek, 20 noyabrdan 26 noyabr kuniga qadar Toshkent shahridagi 115 ta chorrahalardagi foto va video qayd qilish kameralari orqali 2.414 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd qilingan bo‘lib, shulardan 616 tasi transport vositalarining haydovchilari tomonidan svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmaslik va 1.798 tasi belgilangan tezlikni me'yoridan oshirishni tashkil etadi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026