O‘zbekiston | 20:40 / 30.11.2017
10365
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zkimyosanoat” Rossiya kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etdi

Foto: Sputnik/ Aleksandr Kryajyev

“O‘zkimyosanoat” AJ va Rossiyaning “Krastsvetmet” kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etishdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi korxona kimyo sanoati kompaniyalariga xizmat ko‘rsatadi hamda qimmatbaho metallar saqlovchi ikkilamchi materiallarni yig‘ishda yordam beradi. 

Rossiya kompaniyasi bosh direktori Mixail Dyagilevning aytishicha, “Krastsvetmet” O‘zbekistonda 2013 yildan faoliyat yuritib keladi va katalitik tizimlarni yetkazib berish bo‘yicha ikkita yirik tenderni yutib olgan. Tenderlardan biri joriy yilda yutib olingan. 

“5 yil avval biz o‘zimiz ishlab chiqaradigan spetsifik mahsulot – ammiakni oksidlash va azot kislota ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan katalitik tizimlarni yetkazib berish bo‘yicha yirik xalqaro tenderni yutib olgandik. Shu yillar davomida biz O‘zbekiston, davlat korporatsiyasiga birlashtirilgan yirik kompaniyalar uchun ishonchli yetkazib beruvchi bo‘ldik. Ekspluatatsiya davomida qurilmalarni qimmatbaho metallar saqlovchi materiallardan o‘ziga xos tozalash talab qilinadi, biz ularga bu xizmatlarni ko‘rsatganmiz”, deb aytdi Dyagilev.

Kompaniyada O‘zbekistonga boshqa turdagi, jumladan uning o‘zi ishlab chiqarmaydigan katalizatorlarni yetkazib berish istagi bor.

Mavzuga oid