Xitoyga taşrif doirasida boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Xitoyning China National Gold Group milliy oltin qazib oliş korporatsiyasi vakillari bilan muzokaralar ötkazdi, muzokaralar yakunida ikki tomonning investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş va çuqurlaştiriş töğrisidagi memorandum imzolandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, erişilgan kelişuvlarga muvofiq, China National Gold Group kompaniyasi qimmatbaho va strategik ahamiyatga ega foydali qazilmalar konlarining istiqbolli uçastkalarida geologik qidiruv işlarini amalga oşiriş, yerosti boyliklaridan foydalaniş, yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, mutaxassislar tayyorlaş, şuningdek, ustuvor loyihalarga investitsiyalar jalb etiş yönalişlarida hamkorlikni kengaytiradi.












