Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda. Xususan:
- «Özkimyosanoat» AJ taşkilotlarining kimyoviy mahsulotlari eksporti «Özkimyoimpeks» MÇJ orqali amalga oşirilişini;
- «Özkimyosanoat» AJ taşkilotlarining işlab çiqariş ehtiyojlari uçun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallar importi ularning buyurtmalari böyiça «Özkimyoimpeks» MÇJ tomonidan amalga oşirilişini belgilovçi normalar bekor qilinmoqda.
Şunindek, özlari işlab çiqargan tovarlarni, şu jumladan, xorijiy valutaga markazlaştirilmagan tarzda yetkazib beruvçi eksportçi korxonalar uçun qonunçilikda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni «Özkimyoimpeks» MÇJ va uning işlab çiqaruvçi taşkilotlariga joriy etiş haqidagi norma bekor qilinmoqda.
UzGasTrade AJ tomonidan tabiiy gazni import qiliş tender, tanlov hamda Hukumat qarori asosida töğridan-töğri muzokaralar natijalariga köra amalga oşirilişini belgilovçi norma bekor qilinmoqda.
Ilgari elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlari doirasida çet ellik yetkazib beruvçilar bilan bir qatorda mahalliy işlab çiqaruvçilar iştirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (Özbekiston) narxidan narx preferensiyasi berilgan edi. Aniqlik kiritilişiça, korporativ buyurtmaçilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotiş yoki şu maqsadlarda tovarlardan işlab çiqarişda foydalaniş uçun amalga oşiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qöllanmaydi.

















