Xitoy O‘zbekiston uchun muhim hamkor - Abdulla Aripov
Bugun, 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiyaning Sochi shahrida ShHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining 16-yig‘ilishi doirasida Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashdi.
Aripov Xitoy O‘zbekiston uchun muhim hamkor ekanini e'tirof etdi. U O‘zbekiston Xitoy bilan turli sohalardagi, transport infratuzilmalari va gidroenergetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etgan.
Bosh vazir O‘zbekiston Shanghay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) rivojlanishida Xitoyning rolini yuqori baholashini va mamlakat Xitoy bilan tashkilot doirasidagi hamkorlikni kuchaytirishini aytib o‘tgan.
Li Ketsyan Xitoy va O‘zbekiston do‘stona aloqalardagi yaqin qo‘shnilar ekanini aytib o‘tgan. U joriy yilda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lganini ta'kidlagan.
Shu yilning mayida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping bilan uchrashgandi. O‘shanda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida strategik hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishgandi.
«Xitoy-O‘zbekiston hamkorligi qo‘shimchalarga muhtoj, shu tufayli tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada to‘ldirish bo‘yicha yanada ko‘proq kelishuvlarga erishishi zarur», degan Li.
Janob Li ikki davlatni o‘zaro loyihalarni amalga oshirishga va ikki davlat kompaniyalarining o‘zaro hamkorligi uchun zarur sharoitlar yaratib berishga chaqirdi.
Mavzuga oid
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
22:17 / 01.10.2024
Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
00:57 / 10.09.2024