O‘zbekiston | 16:06 / 01.12.2017
16466
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni bayram bilan tabrikladi

Foto: RIA «Novosti»

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni telefon orqali suhbat chog‘ida Birinchi prezident kuni bilan tabrikladi hamda mustahkam sog‘liq, farovonlik va muvaffaqiyatlar tiladi. Bu haqda Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.

Davlat rahbarlari muntazam ravishda oliy darajadagi muloqotlar ko‘plab sohalar bo‘yicha samarali Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining garoviga, shuningdek, Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash va hamkorlikni yanada kuchaytirishning muhim poydevoriga aylanganini mamnuniyat bilan ta'kidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni Qozog‘istonda respublikasining Birinchi prezidenti kuni nishonlanadi. Bu kun mamlakatda dam olish kuni sifatida e'lon qilindi.

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonni respublika tashkil etilganidan beri boshqarib kelmoqda. U 1991 yil 1 dekabrda bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovlari natijalari bo‘yicha mamlakat prezidentiga aylangan. Nazarboyev uch qizning otasi, sakkiz nabira va besh nafar evaraning bobosidir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid