Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy koreyalik sportchilar Olimpiadada ishtirok etishmaydi
Birorta shimoliy koreyalik sportchi Janubiy Koreyaning Pxyonchxanida o‘tadigan Olimpiadada ishtirok etmaydi. Shimoliy Koreyadan Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lgan kiritgan figurali uchuvchilar Yem Txe Ok va Kim Yu Sik Olimpiada ishtirokchilari ro‘yxatidan belgilangan muddatda o‘tmaganlar.
Yana bir necha shimoliy koreyalik sportchi Olimpiadaga borishi mumkin edi, biroq saralash musobaqalarini o‘tkazib yuborganlar. Ayni vaqtda Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchilar orasida birorta shimoliy koreyalik yo‘q.
Biroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi shimoliy koreyalik sportchilarga Olimpiadada ishtirok etishlari uchun maxsus taklifnoma taqdim qilishi mumkin. XOQ Shimoliy Koreya terma jamoasining Olimpiadada ishtirok etishi bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga ham tayyor.
Avvalroq Shimoliy Koreyadagi diktaturani o‘rgangan yaponiyalik olimlar, Kim Chen In boshchiligidagi davlat o‘z sportchilariga qanday munosabatda bo‘lishini aniqlaganlari ma'lum qilingan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, Shimoliy Koreyada g‘oliblar yaxshi sovg‘alar va imtiyozlar olishlari, biroq yutqazgan sportchilar hattoki hayotlaridan mahrum etilishlari mumkin.
“Kim Olimpiadada uning ko‘z o‘ngida yutqazgan barcha sportchilarni jazolaydi. Ularning turmushi og‘irlashadi, yomon sportchilar ko‘mir konlariga majburiy ishlarga jo‘natiladilar”, deb aytilgan yaponiyaliklar hisobotida.
Misol uchun, 2010 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida Shimoliy Koreya terma jamoasi Portugaliyaga 0:7 hisobida yutqazgandan keyin barcha shimollik futbolchilar jazo tariqasida 2 yilga ko‘mir koniga jo‘natilganlar.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
23:00 / 22.02.2026