Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘zi ojizlar jamoalari mini-futbol bo‘yicha musobaqada qatnashdi
Joriy yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining “Yoshlik” sport majmuasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi bayrami va “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan kasaba uyushmasi tarmoq Respublika Kengashi tizimidagi kichik biznes sub'yektlari, korxona va tashkilotlar xodimlari, paralimpiya sportchilari ishtirokida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. U O‘zbekiston iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqada kasaba uyushmasi tizimidagi 8ta jamoa (“Stroygorod”, “Suvsoz”, “Plasteks”, “UZTEX”, “Master delikatesov”, “DIMAX”, “Toshissiqquvvati”, “UZEX”) hamda paralimpiya sportchilari (ko‘zi ojizlari)dan iborat “Qaldirg‘och”, “Lochin” jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqani adolatli o‘tkazish hamda g‘oliblarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston futbol federatsiyasining 6 nafar malakali hakami jalb etildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra 3-o‘rin g‘olibi “Master delikatesov” MChJning “Master delikatesov” jamoasi zamonaviy ventilyator, diplom va ramziy kubok; 2-o‘rin g‘olibi “DIMAX BIZNES MARKAZI” MChJning “DIMAX” jamoasi mikroto‘lqinli pech, diplom va ramziy kubok; mutlaq g‘olib “Suvsoz” jamoasi zamonaviy televizor, diplom va tarmoq Respublika Kengashining ko‘chma kubogi bilan taqdirlandi.


5ta jamoa “Mehnat jamoasida sportning ommaviylashishiga munosib hissa qo‘shgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, paralimpiya sportchilarining “Lochin” va “Qaldirg‘och” jamoalari diplom, ramziy kubok bilan taqdirlandi, har bir o‘yinchiga tashkilotchilar, homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mavzuga oid
04:05 / 28.08.2022
DXX Kubogi-2022 yakunlandi. Futbolda Toshkent viloyati, mini-futbolda Andijon tengsiz (fotoreportaj)
13:26 / 29.03.2022
Mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogiga start berildi
14:23 / 14.06.2021
DXX raisi kubogining final bosqichi boshlandi
11:27 / 11.06.2021