Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ehtiyot bo‘ling!». YeI AQShni al-Quds bo‘yicha ogohlantirdi
Foto: RIA Novosti
Yevroittifoqning fikricha, al-Quds maqomining o‘zgarishi ham yaqin, ham uzoq muddatli istiqbolda Yaqin Sharq muammosiga yechim topish bo‘yicha sa'y-harakatlarga zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini ma'lum qildi.
"Bizning fikrcha, muzokaralarning tiklanishiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan istalgan xatti-harakatlar, jumladan, al-Quds atrofidagi vaziyat ham, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda Yaqin Sharqdagi diplomatik jarayonning tiklanishiga oid sa'y-harakatlarga zarar yetkazishi mumkin", - deya aytib o‘tdi Mogerini jurnalistlarga. U YeIning AQSh bilan qaysi masalalarda o‘zaro ziddiyati borligini ham keltirib o‘tgan.
Prezident Donald Tramp bugun, chorshanba kuni al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi haqida ma'lum qiladi. Shaharning sharqiy qismiga falastinliklar da'vogarlik qilib keladi.
Isroil al-Qudsni, jumladan, Iordaniyadan yarim asr avval egallab olingan uning sharqiy tumanlari va tarixiy markazini o‘zining “yagona va ajralmas” poytaxti sifatida e'lon qildi. Jahon hamjamiyati bosib olish holatini tan olmaydi va shahar maqomini Yaqin Sharqdagi mojaroning eng asosiy muammolaridan biri sifatida ko‘radi. Shu sababdan barcha xorijiy elchixonalar Tel-Avivda joylashgan.
AQSh Kongressi esa uzoq 1995 yilda Isroildagi elchixonani Tel-Avivdan al-Qudsga ko‘chirish haqidagi qonunni qabul qilgan. Biroq shaharning bahsli maqomi va bu holatning arab-musulmon dunyosi bilan munosabatlardagi o‘ta nozikligi inobatga olinib barcha amerikalik prezidentlar, jumladan, Tramp ham, har yarim yilda bu qarorning bajarilishini ortga surib kelgan.
Mavzuga oid
09:42
Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi
08:53
Belgiya xato sabab “Tinchlik kengashi”ga Belarus o‘rniga kiritib qo‘yildi
08:31
Germaniya Trampning “Tinchlik kengashi”da ishtirok etishdan bosh tortdi
23:09 / 23.01.2026