Amerikalik uçuvçini Eron toğlaridan qutqariş operatsiyasi tillarda doston böldi. Axir bunaqasini kinolarda ham köriş qiyin. Amerika F-15 pilotini qutqariş uçun juda katta kuç va pul sarfladi. Çunki u asir tuşsa, uruşning «oyoği osmondan bölib ketardi». Bu amalda «Trampni qutqariş» amaliyotiga aylanib ketdi.
Özgaça uruş
Oxirgi yillarda dunyoda juda köp uruşlar avj oldi. Aslida hamma uruşlar asosida oçközlik, xudbinlik va boşqalardan ustunman deb öylaş turadi. Lekin baribir uruşlarning farqli jihatlari böladi. Uçuvçini qutqariş amaliyoti misolida buni tuşuntirişga harakat qilamiz.
Aytaylik, Rossiya Ukrainaning qiruvçi samolyotini urib tuşirsa-yu, ukrain uçuvçi ruslar qölida asir tuşsa, nima böladi? Yoki Ukraina Rossiya samolyotini urib, katapulta bölgan rus uçuvçini asir olsa-çi? Işoning, heç narsa bölmaydi. Ukraina va Rossiya kunda asirlar almaşinuvi böyiça muzokara ötkazadi, keça ham jasadlar almaşişdi. Har ikki davlatda bir-birining minglab asirlari bor, bir uçuvçini asir olgan bilan heç nima özgarmaydi.
Endi aytaylik, Amerika Eron samolyotini urib, uning uçuvçisini asir olsa, nima böladi? Yana öşa javob – heç nima bölmaydi. Amerika xohlasa, istalgan miqdordagi eronlik harbiylarni asir olişi mumkin, bunga imkoni yetadi. Endi boyagi savolni AQŞ misolida takrorlayman: Eron Amerika samolyotini urib, paraşyutdan özini taşlagan amerikalik uçuvçini asir olsa, nima bölardi? Dahşat bölardi. Amerika va Isroil Eronda boşlagan uruşning «oyoği osmondan» bölib ketardi.
Tasavvur qiling, eronliklar amerikalik uçuvçini kamera qarşisiga olib çiqib, butun dunyodan jurnalistlarni çaqirib matbuot anjumani ötkazmoqda. Biroz mubolağa jazm qiladigan bölsak, uçuvçi kamera qarşisida özini taniştirib, Amerika harbiy havo kuçlari polkovnigi ekanini aytgan vaqtda amalda Trampning prezidentligi tugagan bölardi. Heç qanday propaganda bunaqa şarmandalikni oqlab berolmasdi. Töğri, biroz börttirib gapirdim, lekin işoning, şundoğam amaldagi prezidentni tanqid qilayotgan fuqaro amerikalik ofitser Eronda asir tuşişini keçirmasdi.
Nima, boşqa davlatdagilar asir tuşsa, heç nima qilmaydi-yu, amerikaliklar asir tuşsa, osmon uzilib yerga tuşadimi, vahima qilma, deyotgandirsiz. Lekin gap asir tuşgan odamning pasportida emas, gap jamiyatda. Rossiyada heç kim Putindan hisob söramaydi, sörolmaydi. Zelenskiydan ham xalqi «Pane prezidente, nega harbiylar asir tuşyapti?» deb söramaydi. Uruş axir, Rossiya bosqin avvalida Kiyev biqinigaça kelgandi.








