Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh-Eron muzokaralari “boshi berk ko‘cha”ga kirib qoldi - OAV
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini o‘zi nazorat qilishi va uni kesib o‘tadigan kemalardan haq olishini aytmoqda. Shuningdek, Eron ushbu hududni birgalikda nazorat qilish taklifini rad etmoqda.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi sababli AQSh va Eron muzokaralari “boshi berk ko‘cha”ga kirib qoldi, deb yozmoqda Financial Times.
"Muzokarachilarning aytishlaricha, Pokistondagi Amerika-Eron muzokaralarida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish masalasida “boshi berk vaziyat” saqlanib turibdi", — deyiladi xabarda.
Nashrning ma’lumot berishicha, Tehron bo‘g‘ozni o‘zi nazorat qilish va uni kesib o‘tadigan kemalardan haq olishini ta’kidlamoqda. Shuningdek, Eron ushbu hududni birgalikda nazorat qilish taklifini rad etmoqda.
11 aprel kuni Islomobodda AQSh va Eron delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Amerika delegatsiyasi tarkibidan vitse-prezident Jyey Di Vens, maxsus vakil Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner o‘rin olgan. Eron tomonidan esa parlament raisi Muhammad Boqir G‘olibof va tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ishtirok etdi.
Chorshanbaga o‘tar kechasi Vashington va Tehron muzokara o‘tkazish maqsadida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgandi. Qayd etilishicha, Eronning o‘n banddan iborat rejasi bo‘lajak kelishuvlarga asos bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026