Jahon | 00:21 / 06.12.2017
6381
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvanliklar 9 soat davomida osmonda kamalakni kuzatishdi

Foto: Chinese Culture University

Tayvanning Taybey shahri aholisi 9 soat davomida osmonda kamalakni kuzatishdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.  

Kamalak soat 06:57da paydo bo‘lib, soat 15:55da ko‘rinmay qolgan va osmonda 8 soat 58 daqiqa turgan.

“4 soatdan keyin biz barchadan kamalakni suratga olishni va bizga jo‘natishni so‘radik”, deb aytmoqda shahardagi universitet professorlaridan biri. Umumiy hisobda kamalakning 10 mingdan ortiq surati olingan. Mutaxassislar ushbu holatni Ginnes rekordlar kitobida qayd qilish uchun isbotlar to‘plashmoqda.

Rekordlar kitobida 1994 yilda Buyuk Britaniyaning Yorkshir aholisi 6 soat davomida kamalakni kuzatgani rekord sifatida qayd qilingan.

Mavzuga oid