Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an Al-Qudsni muhokama qilishdi
Foto: Mixail Mettsel/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan suhbatlashdi va u bilan Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish masalasini muhokama qildi. Kreml matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
"Ikki tomondan ham AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishga doir qarori va Amerika elchixonasini Tel-Avivdan u yerga ko‘chirish rejasi haqida e'lon qilishiga jiddiy xavotir bildirildi. Bunday qadamlar Yaqin Sharqning tinchlik jarayoni istiqbollarini yo‘qqa chiqarishi mumkin", - deyiladi xabarda.
Tomonlar shuningdek mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirishga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta'kidlab, Rossiya va Turkiyaning Yaqin Sharq inqirozini BMT Xavfsizlik Tashkiloti va Bosh Assambleyasining tegishli rezolyutsiyalari asosida adolatli va munosib hal qilishiga sodiqligini tasdiqlashdi.
Mavzuga oid
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026