Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongoda hujum oqibatida BMTning 12 nafar tinchlikparvar askari halok bo‘ldi
Kongoda qurollangan guruhning hujumi oqibatida 12 nafar tanzaniyalik tinchlikparvar askari halok bo‘ldi. Bu haqda 8 dekabrda BMT matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Hujum Kongoning sharqida joylashgan Shimoliy Kivuda sodir etilgan.
Hujum oqibatida, shuningdek, Kongo qurolli kuchlarining 5 a'zosi halok bo‘lgan. Kamida 40 nafar tinchlikparvar askari yaralangan, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh bu yo‘qotishlarni tinchlikparvar missiyasining yangi tarixidagi eng katta yo‘qotish deb atadi va Kongoni bu hujumni tergov qilishga chaqirdi.
“BMTning tinchlikparvar askarlariga ataylab hujum qilish nomaqbuldir va o‘zidan harbiy jinoyatni aks ettiradi. Men Kongo hukumatidan bu voqeani tergov qilishni va zudlik bilan aybdorlarni javobgarlikka tortishni so‘rayman. Bu yoki boshqa yerdagi bunday hujumlar uchun jazolanmaslikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deb aytgan Guterresh.
Mavzuga oid
20:49 / 06.06.2026
Kongoda Ebola virusini yuqtirish holatlari soni 450dan oshdi
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:54 / 24.05.2026
Kongoda Ebola epidemiyasi sababli aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:30 / 19.05.2026