Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongo DR sobiq prezidenti Kabila sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi
Kongo Demokratik Respublikasining sobiq prezidenti Jozef Kabila davlatga xiyonat va harbiy jinoyatlarda aybdor deb topildi. 54 yoshli siyosatchining qayerda ekanligi noma’lum.
Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) Harbiy sudi sobiq prezident Jozef Kabilani sirtdan o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda 30 sentabr, seshanba kuni xalqaro axborot agentliklari xabar berdi.
KDR poytaxti Kinshasadagi sud majlisida ishtirok etmagan va advokat tomonidan himoyalanmagan 54 yoshli Kabila urush jinoyatlari, davlatga xiyonat va insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topildi. Ish uning KDR hukumati va tutsi etnik ozchiligi manfaatlarini ifodalovchi hamda qo‘shni Ruanda harbiylari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan "23 mart harakati" (M23) isyonchi guruhi o‘rtasidagi mojarodagi roli bilan bog‘liq.
Yanvar-fevral oylari orasida M23 isyonchilari mamlakat sharqida keng ko‘lamli hujumlarni amalga oshirib, Ruanda bilan chegara bo‘ylab keng hududlarni tor-mor keltirilgan Kongo armiyasidan qaytarib oldi. KDRning amaldagi prezidenti Feliks Chisekedi Kabila ushbu guruhning tashkilotchisi ekanligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
20:49 / 06.06.2026
Kongoda Ebola virusini yuqtirish holatlari soni 450dan oshdi
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:54 / 24.05.2026
Kongoda Ebola epidemiyasi sababli aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:30 / 19.05.2026