Afrikaning ikki davlati — Kongo Demokratik Respublikasi va Ruanda taşqi işlar vazirlari 27 iyun, juma kuni Vaşingtonda Kongo Demokratik Respublikasi şarqidagi harbiy harakatlarni töxtatiş töğrisidagi bitimni imzoladi. Marosimda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio iştirok etdi. Endi hujjatni mamlakatlar prezidentlari Pol Kagame va Feliks Çisekedi ham imzolaşi kerak.
Imzolangan kelişuv mojaro zonasida xavfsizlikni ta’minlaş böyiça qöşma muvofiqlaştiriş mexanizmini yaratiş va Ruanda qöşinlarini Kongo DR şarqiy qismidan 90 kun içida olib çiqib ketişni nazarda tutadi, deyiladi Reuters qölga kiritgan hujjat nusxasida. Bundan taşqari, hujjatga köra, ikki davlat mintaqaviy iqtisodiy integratsiya uçun zamin yaratiş majburiyatini ham olgan.
Şartnomaning imzolanişining özi janglar yaqin kelajakda töxtaydi, degani emas, deya ta’kidlaydi axborot agentliklari. Gap şundaki, mojaroda faqat şartli ravişda ikki davlat markaziy hukumatlari tomonidan nazorat qilinadigan köplab guruhlar iştirok etmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp «eng yomon uruşlardan birini» tugatişga erişilganini aytdi. Uning sözlariga köra, Qatar bilan 30 yildan ortiq davom etgan mojaroni hal qilişda vositaçi sifatida harakat qiliş orqali Qöşma Ştatlar Kongo DR foydali qazilmalarining muhim qismini kelajakda özlaştiriş huquqiga ega böldi. Tramp tinçlik kelişuvi buzilgan taqdirda «ham moliyaviy, ham boşqa yöllar orqali juda qattiq sanksiyalar» bilan tahdid qilgan.
KDR va Ruanda örtasida kelişuv imzolanganini BMT boş kotibi Antoniu Guterriş olqişladi. U buni mintaqada «deeskalatsiyani pasaytiriş, tinçlik va barqarorlik yölidagi muhim qadam» deb atadi va har ikki davlatni öz majburiyatlarini «töliq bajarişga» çaqirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham ikki davlat örtasida tinçlik bitimi imzolanganini olqişladi. U X ijtimoiy tarmoğida şunday deb yozdi: «AQŞ vositaçiligi fundamental rol öynaydi. Biz işonamizki, bu Ukraina zaminida uzoq yillardan beri davom etayotgan şafqatsiz va asossiz uruşni tugatişda muvaffaqiyatga erişişda yordam beradi. Rossiya barça tinçlik takliflarini rad etişda va diplomatik sa’y-harakatlarga putur yetkazişda davom etmoqda. Bunga çek qöyilişi kerak».

















