Jahon | 19:50 / 11.12.2017
30441
2 daqiqa o‘qiladi

Uy hayvonlarining yangi xavfi haqida ma'lum qilindi

Foto: Alan R Walker / Wikimedia

Amerikalik mutaxassislar Echinococcus multilocularis nomli parazit lentasimon gelmintlar tarqalayotganidan xavotirdalar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu parazitni yuqtirish o‘lim holatiga sabab bo‘lishi mumkin. Ularning tashuvchilari odatda kemiruvchilar va boshqa yovvoyi hayvonlar hisoblanadi, biroq gelmintlar shuningdek it va mushuklarga o‘tishi va ular orqali odamlarga ham o‘tishi mumkin. ScienceAlert nashri shu haqida ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, parazit vaqtida aniqlanib, zarar yetgan to‘qimalar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanmasa, 50-75 foiz holatlarda o‘limga olib keladi. Immun tizimi funksiyasida buzilishlar bo‘lgan odamlarda o‘lim holatlari bundan-da yuqori. 

Mutaxassislar uy hayvonlarida aniqlangan Echinococcus multilocularis DNKni tahlil qilib, parazitlar Shveytsariya, Germaniya, Avstriya va Fransiyada yashagan lentasimon chuvalchanglar bilan bog‘liq bo‘lganini aniqlashdi. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, gelmintlar Shimoliy Amerikaga Yevropadan kelgan it bilan kirgan. Oxir-oqibat Shimoliy Amerika jonivorlarida, shu jumladan tulkilar va koyotlarda ham  gelmintlar aniqlandi.

Organizmiga parazit tushgan itlar qiyinchilik bilan davolanmoqda. Nashrda yozilishicha, Shveytsariya tadqiqotida ishtirok etgan parazit bilan kasallangan jonivorlarning deyarli yarmini uxlatib qo‘yishga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid