Eng tez quruqlikdagi sut emizuvçi hayvon — gepard hisoblanadi. U soatiga 114 km tezlikkaça yugura oladi. Ammo amalda öljani quviş vaqtida uning tezligi odatda 80–100 km/soat atrofida böladi.
Gepard 100 km/soat tezlikka 3 soniyada çiqa oladi, biroq bunday yuqori tezlikni faqat qisqa masofada uşlab turadi.
Eng tez hayvonlar qatorida vilorog va springbok alohida ajralib turadi. Vilorog geparddan qisqa masofada orqada qolsa-da, u uzoq vaqt davomida yuqori tezlikni saqlab tura oladi. Uning qayd etilgan maksimal tezligi — 88,5 km/soat. Springbok ham şunga yaqin natija körsatadi.

Ayrim ma’lumotlarga köra, şerlar (ayniqsa, urğoçi şerlar) 80 km/soat tezlikkaça yeta oladi. Ammo ular ham gepard kabi bu tezlikni faqat qisqa vaqt saqlay oladi. Gnu va garna antilopalari ham taxminan 80 km/soat tezlikka ega.
Eng tez hayvonlar qatoriga ayrim it zotlari ham kiradi. Masalan, greyxaund (ingliz borzoyi) soatiga 67,3 km tezlikkaça yugura oladi.
Otlarning tezligi zotiga boğliq: poyga oti — 70,76 km/soat (2008 yilda rekord), Amerika kvorterxorsi — 88 km/soat gaça tezlaşişi mumkin
Yangi infografikada barça eng tez hayvonlar qamrab olinmagan. Şuningdek, hayvonlarning maksimal va örtaça tezligi turli manbalarga köra farq qilişi mumkin.








