Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada muxolifat prezidentlik saylovlaridan chetlashtirildi
Venesuelaning muxolif partiyalari va ularning yetakchilari mamlakatda 2018 yilda o‘tishi kerak bo‘lgan prezidentlik saylovlarida ishtirok etmaydilar, deb ma'lum qildi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro.
Maduroning aytishicha, bu qaror muxolifat 10 dekabrda munitsipal saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortgani va saylovlarni boykot qilishga chaqirgani uchun milliy ta'sis yig‘ini tomondan chiqarilgan.
Maduro mamlakatning asosiy muxolif partiyalari – “Adolat barchasidan ustun” va “Xalq irodasi” “bugundan boshlab boshqa mavjud emas” deb e'lon qildi.
Xorijiy kuzatuvchilar Maduroning bu qarorini hokimiyatni o‘z qo‘llarida jamlash va bo‘lib o‘tajak saylovlarda xavfli raqiblarni bartaraf etishga urinish deb hisoblamoqdalar.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026