Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongoda 400 ming bola ocharchilikdan halok bo‘lishi mumkin – YUNISEF
Foto: RIA Novosti
Kongo Demokratik Respublikasida 400 minggacha bola ocharchilikdan halok bo‘lishi mumkin, yaqin yarim yil ichida mamlakatda oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi kutilmayapti, deb ma'lum qildi YUNISEF.
“Kasai viloyatidagi juda oriqlab ketgan kamida 400 ming bola halok bo‘lishi mumkin. Bunday fojiali vaziyatga zo‘ravonlik, odamlarning ommaviy ko‘chishi va oxirgi yarim yil ichida agrar ishlarning qisqarishi sabab hisoblanadi”, deb aytilgan YUNISEF bayonotida.
YUNISEFda ta'kidlanishicha, Kongo aholisining gumanitar holati juda og‘ir bo‘lib qolmoqda va joriy ekin mavsumi o‘tkazilib yuborilgani sababli kamida 2018 yilning iyunigacha yaxshilanishi kutilmayapti. Bayonotda shu bilan birga mamlakatda xavfsizlik bilan bog‘liq holatning yaxshilanishi qayd qilib o‘tilgan. Buning evaziga mamlakatga qochqinlar qayta boshlagan.
Mavzuga oid
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
11:25 / 01.10.2025
Kongo DR sobiq prezidenti Kabila sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi
20:31 / 22.08.2025
G‘azo shahrida rasman ocharchilik boshlandi va bu kengayib boradi - IPC hisoboti
09:57 / 27.07.2025