Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana bir JCh-2018 ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eron terma jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida kelishuvga erishildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, bu o‘rtoqlik uchrashuv 2018 yilning 18 may kuni Eronda bo‘lib o‘tadi. O‘yin bo‘lib o‘tadigan shahar nomiga hozircha oydinlik kiritilmagan.
Ma'lumot uchun, Eron terma jamoasi JCh saralashida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olib, vakillarimizga qarshi uchrashuvlarda 1:0 va 2:0 hisobida g‘alaba qozongan va birinchilardan bo‘lib JChga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
Eron milliy terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini orqali Jahon chempionatiga so‘nggi tayyorgarlikni olib boradi. Terma jamoa Jahon chempionatida «B» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, guruhdan chiqish uchun Portugaliya, Ispaniya va Marokash terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning 27 mart kuni Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:26 / 03.06.2026
220 ta maktabda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinlari katta ekranda namoyish etiladi
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
23:45 / 24.05.2026