Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesligada navbatdagi tur o‘yinlari (turnir jadvali)
13 dekabr oqshomida Germaniya chempionatida 16-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
«Bavariya» «Kyoln» ustidan kichik g‘alabaga erishdi. Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda Robert Levandovski Tomas Myullerning pasidan keyin darvozani ishg‘ol qildi va shu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.
«Hoffenhaym» bu turda «Shtutgart» ustidan g‘alabaga erishdi. Zinshaymdagi «Rayn-Nekar-Arena» stadionida kechgan uchrashuvda ham mezbon jamoaning kichik hisobdagi g‘alabasi qayd etildi - 1:0.
O‘yinning 81-daqiqasida Mark Ut Pavel Kaderjabek pasini golga aylantirdi. «Shtutgart» chempionatda qatorasiga uchinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.
«Hoffenhaym» endilikda ochkolari sonini 26taga yetkazgan va Bundesliga turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. «Shtutgart» 17 ochkosi bilan 14-pog‘onada joylashgan.
Tur doirasidagi yana bir uchrashuvda «Herta» Salomon Kaluning dubli va Jordan Torunariganing bir goli evaziga «Hannover»ni mag‘lub etdi (3:1). Mehmonlar safida yagona golga Ixlas Bebu mualliflik qildi.
«Shalke-04» bu turda «Augsburg»ni qabul qildi va 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Avvaliga «Shalke» 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi, keyin raqib hisobni tenglashtirishga erishdi, ammo o‘yin oxirida urilgan yana bir gol mezbonlarga g‘alaba keltirdi. G‘oliblarning gollari Franko Di Santo, Gvido Burgshtaller va Daniel Kalidjiuri tomonidan urildi, «Augsburg» uchun urilgan gollarga Fransisko Kayubi va Mixael Gregorich muallif bo‘lishdi.
Yana bir o‘yinda «Bayyer» «Verder»dan ustun keldi - 1:0.
Germaniya chempionati
16-tur
Bavariya – Kyoln 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 60 Levandovski.
Bavariya – Shtarke, Rafinya, Boateng, Zyule, Alaba, Tolisso (Xames, 46), Rudi, Vidal (Koman, 46), Myuller, Levandovski, Riberi (Kimmix, 76).
Kyoln – Xorn, Sorensen, Xorxe Mere, Xaynts, Olkovski, Ozdjan, Lemann (Klemens, 84), Xorn (Kusich, 76), Yoyich, Klyunter, Xandverker (Fyurlix, 66).
Hoffenhaym-1899 – Shtutgart 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 81 Ut.
Hoffenhaym-1899 – Baumann, Posh, Fogt, Xyubner, Gayger (Grillich, 61), Kaderjabek, Shults, Demirbay, Rupp (Kramarich, 66), Ut, Gnabri (Salai, 77).
Shtutgart – Tsiler, Pavar, Badshtuber, Baumgartl, Bek, Askasibar, Gentner, Insua, Akolo (Brekalo, 37), Ozdjan (Aogo, 80), Donis (Asano, 26).
Ogohlantirishlar: Gayger (37), Insua (86).
Shalke-04 – Augsburg 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 44 Di Santo, 2:0 – 47 Burgshtaller, 2:1 – 64 Kayubi, 2:2 – 79, penalti Gregorich, 3:2 – 83, penalti Kalidjuri.
Shalke-04 – Fermann, Stambuli, Naldo, Nastasich, Mayyer, Kalidjuri, Ochipka, Makkenni, Xarit (Kerer, 88), Di Santo (Embolo, 72), Burgshtaller (Reze, 86).
Augsburg – Hitts, Opare, Danzo (Xedira, 62), Xinteregger, Maks, Gaueleu, Bayyer (Shmid, 86), Gregorich, Gu Chja Chxol, Kayubi, Finnbogason (Kordova, 72).
Ogohlantirishlar: Hitts (47), Danzo (49), Burgshtaller (59), Ochipka (79), Mayyer (89).
Herta – Hannover 96 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 18 Kalu, 2:0 – 45 Kalu, 2:1 – 65 Bebu, 3:1 – 83 Torunariga.
Herta – Yarsteyn, Pekarik, Shtark, Rekik (Torunariga, 55), Plattenxardt, Lustenberger, Mayyer (Langkamp, 81), Vayzer (Lekki, 46), Lazaro, Kalu, Zelke.
Hannover 96 – Chauner, Korb, Anton, Sane, Ostjolek, Zorg (Fossum, 46), Bakaloj (Karaman, 88), Bebu, Xarnik, Klaus (Sarenren-Bazeye, 46), Fyullkrug.
Ogohlantirishlar: Zorg (31), Sane (45), Sarenren-Bazeye (51), Lekki (62), Plattenxardt (73).
Bayyer – Verder 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 11 Alario.
Bayyer – Leno, Ta, Bender, Retsos, Xenrixs, Kor, Baumgartlinger (Bender, 87), Beyli (Brandt, 80), Belarabi, Folland (Xavertts, 67), Alario.
Verder – Pavlenka, Velkovich, Sane (Yunuzovich, 61), Moysander, Eggeshtayn, Gebre Selassiye, Augustinsson, Koyper (Xayrovich, 74), Dileyni, Kruze, Kaynts (Belfodil, 69).
Ogohlantirishlar: Sane (54), Moysander (54), Koyper (71).
16-tur uchrashuvlari

16 turdan keyin turnir jadvalidagi vaziyat

Mavsum to‘purarlari

Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026