“Opamga tegma!”. Bolakay kurashchi opasining raqibini “savalay ketdi” (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda kurash musobaqasi vaqtida kurash tushayotgan opasining yonini olgan kichik bolakayning xatti-harakatlari munosib baholandi.
Indianada yashovchi Tori Prendergast tomondan suratga olingan videoda bolakayning opasi o‘g‘il bola bilan kurash tushayotgani tasvirlangan. Kurash boshlanishi bilan o‘g‘il bola kurashchi qiz raqibining oyog‘idan ushlab olib, uni yerga ag‘darganda, qizchaning ukasi opasini urishmoqda deb o‘ylab, uni himoya qilgani o‘rtaga yugurib chiqqan. Bolakay “Opamga tegma” degancha o‘g‘il bola ishtirokchini ura ketgan.
Bolakay olqishlar va kulgilar ostida o‘rtadan olib chiqib ketilgan.
“Bu men qachondir ko‘rgan eng yaxshi vaziyatdir. Bu juda zo‘r bo‘ldi”, deb aytgan tomoshabinlardan biri.
“Qiz raqibingning shunday jiddiy ukasi bo‘lganda, yaxshisi u bilan to‘qnashma!”, deb yozgan video muallifi.
Foydalanuvchilar o‘z izohlarida bolakayni maqtashgan.
“Qanday yoqimli! O‘z opa-singlingning yonini olish to‘g‘ri ishdir!”, deb yozgan Kimberli Xardin-Fenn ismli foydalanuvchi.
“Mutlaq maftunkor! O‘z opasini yaxshi ko‘rgan bolakayning bu g‘amxo‘rligiga tasanno. Kulgidan to‘xtay olmayapman”, deb yozgan yana bir foydalanuvchi.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024