Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sooranbay Jeenbekov Qirg‘izistonga qaytib ketdi
Foto: O‘zA
13-14 dekabr kunlarida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov bugun vataniga qaytib ketdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo‘ygan.
Tashrifning asosiy tadbirlari 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi.
Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi ishlarni yakuniga yetkazish, yangi o‘tkazish punktlari ochish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta'minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025