Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiota tumanida qimorboz ijarachilar yashayotgani aniqlandi
Foto: Toshkent viloyati IIB
Zangiota tumanida o‘tkazilgan «Tozalash-Antiterror» tadbirlarida ayrim fuqarolar tomonidan o‘z uylarida vaqtincha ro‘yxatga qo‘ymasdan turli shaxslarni moddiy manfaatdorlik evaziga yashab turishiga yo‘l qo‘yganligi aniqlandi.
Zangiota tumani Nazarbek qo‘rg‘onida yashovchi, A.I. ham bir necha yildan beri xonadonini mehmonxonaga aylantirib, o‘nlab shaxslarni ijarada turib yashashlari uchun sharoitlar yaratib qo‘ygan. Ushbu xonadonda yashayotgan ijarachilar A.I.ga har bir kun uchun 3000-5000 so‘m miqdorida haq beradilar.
Hozirda xonadonda Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan o‘ndan ortiq shaxs ro‘yxatdan o‘tmagan holda istiqomat qilishadi.
Nazarbek qo‘rg‘onida yashovchi G.Z., ko‘p yillar davomida xonadonga o‘nlab shaxslarni ijaraga qo‘ygan holda, har bir shaxsdan kunlik 3000-5000 so‘m miqdorida ijara haqi oladi.
Tadbir davomida xonadonda turli viloyatlardan kelib, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelayotgan sakkiz nafar shaxs borligi va xonadonda qimor o‘ynab o‘tirganligi holati aniqlandi.
Achinarlisi, bu turar joylarda umuman shart-sharoitlar yaratilmagan. Bino holati sanitariya-gigiyena qoidalariga javob bermaydi. Bu esa shu yerda vaqtincha yashab kelayotgan fuqarolarning sog‘ligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi.
Yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan. Bu yerda o‘rnatilgan isitish moslamalari elektr va gaz tizimlariga belgilangan talab darajasida ulanmagan.
Tadbir davomida Toshkent viloyati IIB xodimlari tomonidan ushbu xonadonlarda vaqtincha ro‘yxatga qo‘ymasdan pasport-viza qoidalarini buzgan shaxslar ichki ishlar bo‘limiga olib kelindi.
Mavzuga oid
20:51 / 25.01.2026
Zangiotada nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko‘rildi
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026