Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada quyosh energiyasida harakatlanuvchi ilk poyezd ishga tushiriladi
Avstraliyada quyosh energiyasida harakatlanuvchi poyezd ishga tushirilmoqchi. Poyezd yo‘nalishi 3 km dan iborat bo‘ladi. Bu haqda Electrek ma'lum qildi.
Poyezd eski yo‘lovchi poyezdining modernizatsiyalangan versiyasi hisoblanadi. Avval unda ikkita dizel dvigateli bo‘lgan, endilikda ulardan biri elektrodvigatel va batareyaga almashtirilgan, ikkinchisi esa zaxira energiya manbai sifatida qoldirilgan.
Ta'kidlanishicha, 77 kVt-soat sig‘imga ega batareyalar poyezdning kun davomida harakatlanishi uchun yetishi kerak. Batareya poyezd tomidagi quyosh batareyalaridan va stansiyalarda quvvatlanadi. Poyezdning ilk qatnovi shu dam olish kunlariga belgilangandi. Poyezd yanvargacha sinov rejimida ishlaydi va har reysda 100 yo‘lovchigacha tashiydi. Poyezdda yurish narxi 3 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Hozir tiklanuvchi energiyada ishlovchi poyezdlar mavjud, biroq ularning aksariyati energiyani elektr tarmog‘idan oladi. Misol uchun, Niderlandiyada elektr poyezdlar 100 foiz shamol energiyasi hisobiga quvvatlanadi. Hindistonda esa “quyosh batareyasida ishlovchi poyezd” dizel lokomotivi hisobiga harakatlanadi, quyosh energiyasi esa poyezddagi konditsioner va chiroqlar uchun ishlatiladi.
Mutaxassislarning fikricha, barcha transport turlaridan aynan temir yo‘l transporti quyosh energiyasini ishlab chiqarish nuqtai nazaridan istiqbollidir, jumladan stansiyalarda to‘xtab turish evaziga. Bunday to‘xtashlar vaqtida batareyani quvvatlab olish mumkin bo‘ladi.
Ko‘plab kompaniyalar tiklanuvchi energiyada harakatlanuvchi poyezdlarga qiziqish bilan qaraydilar. Biroq bunda ko‘proq vodoroddan foydalanish mo‘ljallangan. Misol uchun, 4 yildan keyin Germaniyada Alstom kompaniyasining vodorod poyezdlari qo‘llana boshlaydi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026