Sport | 22:58 / 17.12.2017
18695
1 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» «Barselona»ga faqat bitta shart evaziga Koutinoni sotadi

«Liverpul» klubi yarimhimoyachi Filippe Koutinoni «Barselona»ga faqat bitta shart evaziga sotishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Express nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Koutinoni qo‘lga kiritish uchun birdaniga 145 million yevro mablag‘ to‘lashi yoki xaridga 25 yoshli yarimhimoyachi Serxi Robertoni ham qo‘shishi kerak bo‘ladi.

Shunday bo‘lgan taqdirda Koutinoning transferi klub uchun nisbatan arzonroq tushishi mumkin bo‘ladi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid