Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dengizchi 42 kunda dunyo bo‘ylab sayohat qilib rekordni yangiladi
34 yoshli dengizchi bir o‘zi 42 kun 16 soat 40 daqiqa va 35 soniyada butun dunyoni aylanib chiqib, rekord o‘rnatdi. Shu tariqa Fransua Gabar 2016 yilda 49 kun 3 soat va 7 daqiqada Yer yuzini aylanib chiqqan Tomas Kovillning natijasini yangiladi.
U 4 noyabr kuni Brestdan start olib, 17 dekabr kuni Fransiya g‘arbidagi Uessan oroli va Angliya janubidagi Lizard burni (dengizga turtib chiqqan quruqlik) o‘rtasidagi virtual chiziqni kesib o‘tgan. Sayohatning katta qismida fransiyalik rekordchiga yaxshi ob-havo hamrohlik qildi va bu yo‘l-yo‘lakay yana bir necha rekord o‘rnatish imkonini berdi: Tinch okeanini eng tez kesib o‘tish (7 kun 15 soat 15 daqiqa) va 24 soatda bosib o‘tilgan eng uzoq masofa (1576 kilometr).
François Gabart 💪💪💪 #AFP pic.twitter.com/dpdN6FmZQt
— Agence France-Presse (@afpfr) December 17, 2017
Dengizchi yolg‘iz sayohat qilish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgan bo‘lsa-da, bu unga 2017 yilning yanvarida IDEC Sport maksi-trimaran sportchilari qo‘lga kiritgan "Jyul Vern mukofoti" egasi bo‘lish imkonini bermadi. Fransis Juayon jamoasi 40 kun 23 soat 30 daqiqa va 40 soniyada dunyo bo‘ylab sayohat qilishga muvaffaq bo‘lishgan.
Sayohat yakunida portga yetib kelgan Gabar shunday dedi: "Bu rekordni ortda qoldiraman deb hech o‘ylamagandim!". Dengizchi mazkur rekordni Macif yaxta-trimaranida 27 ming kilometrni o‘rtacha tezlikda (50 km/s) bosib o‘tib o‘rnatdi. Poyganing yuqori sur'atiga qaramay, sportchi o‘zining Instagram va Twitter sahifalarida sayohat suratlarini chop etib, tasavvurlar bilan bo‘lishishga vaqt topgan.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
17:05 / 10.04.2026