Sport | 14:10 / 18.12.2017
13897
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik kiber futbolchi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida MDHga a'zo davlatlar vakillari o‘rtasida kiber futbol bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Muhammadamin Turg‘unboyev bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

«Alibebeto» laqabi bilan musobaqada qatnashgan Muhammadamin Toshkentning «Bunyodkor» klubi a'zosi sanaladi. U turnirda «Dinamo» Kiyev vakili Muxa Lobatryats va «Lokomotiv» Moskva nomidan qatnashgan Robert Fexritdinovni ortda qoldirdi.

Turg‘unboyev turnirdagi g‘alabasi uchun tashkilotchilar tomonidan 2000 AQSh dollari miqdori mukofotga ega bo‘ldi.

Mavzuga oid