Donbassdagi vaziyat keskin yomonlashdi - YeXHT
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi maxsus monitoring missiyasi raisi Ertug‘rul Apakanning ma'lum qilishicha, mamlakat sharqida vaziyatning keskin yomonlashishi kuzatilmoqda. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi.
«Biz vaziyat juda yomonlashganini xavotir bilan qayd etmoqdamiz. O‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilish miqdori shu darajaga yetdiki, buni biz joriy yilning fevralidan beri qayd etmagandik», - deya aytib o‘tdi Apakan.
Ta'kidlanishicha, 11-17 dekabr kunlari o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qariyb 16 ming marotaba buzilgani qayd etildi, bu o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichdan 35 foizga ko‘proqdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukraina bo‘yicha maxsus monitoring missiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari Aleksandr Xug Donbassdagi mojaro ob-havo harorati sovib borishi bilan yanada keskinlashishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:00 / 17.09.2024
Frontdagi vaziyat: Ukrainaning Donetsk yaqinidagi guruhiga qurshov tahdid solmoqda
15:25 / 13.09.2024
Donbassda Qizil Xochning uch xodimi halok bo‘ldi
11:44 / 08.09.2024
«Talonchilik bilan aynan harbiylar shug‘ullanayotganidan xabaringiz yo‘qmi?» Kurskliklar nega o‘z uylarini tark etishdan qo‘rqmoqda
20:03 / 29.08.2024