Qozog‘istonda O‘zbekistonning 48 fuqarosi qutqarildi
Qozog‘istonlik politsiyachilar Samara-Chimkent trassasida O‘zbekistonning taxminan 50 nafar fuqarosini qutqarishdi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasining Aktyubinsk viloyati Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati xabar tarqatgan.
«15 dekabr kuni Samara-Chimkent trassasida, Irgiz aholi punkti yaqinida Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga harakatlanib kelayotgan avtobus buzilib qoldi. Bu nosozlik fojia bilan yakun topishi mumkin edi, cho‘lda havo harorati 23 daraja sovuq bo‘lgan», - deyiladi xabarda.
Ichki ishlar departamenti ma'lumotiga ko‘ra, avtobusda O‘zbekistonning 48 fuqarosi bo‘lgan, ular Rossiyadan qaytishayotgan edi. Voqea joyiga yetib kelgan qozog‘istonlik politsiyachilar holatga baho berib, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha maxsus texnikani chaqirtirishdi hamda yo‘lovchilarni o‘tkazib, ularni trassada barpo etilgan isitish punktiga olib borishdi.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024