Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Misr klubi stadionda qurbonlik qildi
Misrning «Al-Ahliy» klubi muvaffaqiyatsizliklarga barham berish maqsadida stadionda ho‘kiz so‘yib, qurbonlik qildi.
Qohira shahri klubi o‘z maydonida 2016 yil iyun oyidan buyon ilk marta mag‘lubiyatga uchragan, so‘ngra durang o‘ynagan edi. Qatorasiga ikki o‘yindagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng jamoa o‘z stadionida qurbonlik qilishga qaror qildi.
Ho‘kizning go‘shti esa kambag‘allarga tarqatilgan.

Misr chempionatining 11 turidan so‘ng, «Al-Ahliy» musobaqa peshqadami «Ismoiliya» klubidan 4 ochko ortda qolib, 3-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
16:34 / 21.05.2026
Kimlar qurbonlik qiladi? Uning hukm va odoblari
22:30 / 16.04.2026