20:10 / 22.12.2017
11358

300 yevro uchun odamlarni o‘ldirgan italiyalik tibbiy sanitar hibsga olindi 

Italiyada dafnlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi byuro buyurtmasi bilan bemorlarni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan, tez tibbiy yordam xodimi hibsga olindi. Bu haqda Quotidiano portali xabar bermoqda.

Tergov versiyasiga ko‘ra, gumonlanuvchi 42 yoshli Davide Garofalo bemorlarga inʼeksiya o‘rniga havo yuborgan. Bemorlar qon tomirlariga havo tiqilib qolishi oqibatida vafot etganlar. Erkak marhumlarning yaqinlari karaxt holda bo‘lib turganlarida ularga dafnlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi muayyan byuro xizmatlarini tavsiya qilgan. Ushbu byuro Sitsiliya mafiyasi bilan aloqador bo‘lgan. Erkak har bir qurbon uchun 300 yevro pul olgan.

Foto: Facebook.com

Ta'kidlanishicha, u tomondan o‘ldirilgan barcha bemorlar bedavo kasallar, 2 nafari esa keksa yoshlilar bo‘lganlar, shu sababli ularning o‘limlari sinchkov tergov qilinmagan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gap evtanaziya emas, balki g‘araz niyatda amalga oshirilgan qotilliklar haqida ketmoqda. Erkak uchta qotillikda ayblangan, biroq prokuraturada ta'kidlanishicha, 2012 yildan 2016 yilgacha shunday yo‘l bilan 50 kishi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.

Prokuraturaning fikricha, buyurtma bo‘yicha bunday jinoyatlarni amalga oshiruvchi yana 2 sanitar mavjud. 

Top