Buyuk Britaniyada 18 yoşli talaba ölimi tufayli namoyiş va tartibsizliklar röy berdi
|21:53 / 04.06.202615 12510 min
Politsiyaçilar qotilning sözlariga işonib, yarador Genri Novakni hibsga olişgan. Qotil voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilarga özini jabrlanuvçi sifatida körsatgan, politsiyaçilar esa oğir ahvolda yerda yotgan haqiqiy jabrlanuvçining qöliga kişan solişgan.
Foto: Novak familyFoto: Novak family
Buyuk Britaniyada 2025 yil oxirida Sauthemptonda halok bölgan 18 yoşli talaba Genri Novak işi atrofidagi mojaro avj olmoqda. Unga 23 yoşli Vikram Digva bir neça bor piçoq tiqqan. 1 iyun kuni sud Digvani umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Ma’lum bölişiça, mojaro joyiga yetib politsiyaçilar avvaliga Digvani irqçilik hujumiga uçragan jabrlanuvçi deb hisoblaşgan va yarador Novakni hibsga olişgan. Köp ötmay u oğir jarohatlardan vafot etgan. Digvaga sud hukmi e’lon qilingan kuni politsiyaçilarning bodikamerasidan olingan, Novakning hayotining sönggi daqiqalari aks etgan video namoyiş etildi. Videoda talaba piçoqlangani va nafas olişga qiynalayotganini aytadi, ammo politsiyaçilar Novakning sözlariga işonişmaydi va uning qöllariga kişan taqişadi. Video e’lon qilingaç, Sauthemptonda ultraöng faollar va öng konservativ siyosatçilar iştirokidagi norozilik aksiyasi ötkazildi. Namoyiş politsiya bilan töqnaşuvlarga ulangan. Quyida Genri Novakning öldirilişi, Britaniya jamoatçiligi va siyosatçilarining uşbu işga reaksiyasi haqida nimalar ma’lum ekani keltiriladi.
Sauthempton universiteti birinçi kurs talabasi, 18 yoşli Genri Novak 2025 yil 3 dekabr kuni halok bölgan. Öşa oqşom u döstlari bilan uçraşuvdan keyin yotoqxonaga qaytayotgandi. Yotoqxona yaqinida unga belboğiga xanjar osib olgan 23 yoşli Vikram Digva hujum qiladi. Novak va Digva uçraşuvi va hujumga guvoh bölganlar yöq. Qöşni uylarda yaşovçilar Novakning qiçqiriğini eşitişgan, u tiğ zarbasidan keyin jon berayotgandi.
Ayblov tomoni ma’lumotiga köra, Digva Novakka beş marta piçoq urgan, öpka sohasiga berilgan zarba uning taqdirini hal qilgan. Hujumdan keyin Digva onasi Kiran Kaurga qönğiroq qilgan va politsiya kelguniça xanjarni olib ketişni söragan. Keyinroq qurol oilaning uyidan topilgan.
Digva voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilarga öziga nisbatan irqçilik ruhidagi hujum amalga oşirilganini aytgan. Talabani hibsga olişgan Ularning muloqoti va Novak hayotining sönggi daqiqalari politsiyaçining libosiga örnatilgan registratorga yozib olingan. Videoyozuv 1 iyun kuni politsiya tomonidan e’lon qilindi.
Yozuvda tört nafar politsiyaçi hovlisida bir neça kişi bölgan uyga yaqinlaşayotganini köriş mumkin. Ulardan biri Novakni devor yoniga ötqazgani, çunki u gandiraklayotgani va oğzida qon borligini aytadi. Şu payt talaba zaif ovozda nafas ololmayotganini bildiradi.
Kamerasi bor politsiyaçi Novakdan örnidan turişni va ismini aytişni söraydi. Talabaning javobi tuşunarsiz çiqadi. Şunda politsiyaçilar Digvadan yana jabrlanuvçilar bormi, deb söraşadi. U esa Novak unga hujum qilib, boşidan sallasini tuşirib yuborgani va soçidan tortganini aytadi. «Közimning mana bu joyi şişgan, mana bu joyida kökariş bor», – deya qöşimça qiladi Digva.
Mavzuga oid
Şundan söng kadrda yana devor ostida ingrab yotgan yotgan talaba körsatiladi. Politsiyaçi uni şimining tasmasidan uşlab, sudrayotganida, Novak takrorlay boşlaydi: «Meni piçoqlaşdi. Yordam bering. Tez yordam çaqiring. Meni piçoqlaşdi». Politsiyaçi avvaliga qayeringa urişdi, deb savol beradi va keyin deydi: «Seni piçoqlaşgan deb öylamayman, oğayni».
Muloqot davomida talabani ötqazişga harakat qilişadi, lekin u yerga yiqilib tuşaveradi. Natijada, politsiya xodimlari yotgan holatida uning qöllarini qayirib, kişan solişadi, Novak esa ulardan yordam söraşda davom etadi. Video oxirida politsiyaçilar Novakni közdan keçirib, unga huquqlarini eslatib, u hujum uçun hibsga olinganini bildirişadi.
Sud Vikram Digvani umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Novakni hibsga olgan politsiyaçilarga hozirça ayblov qöyilmagan
Keyinroq sudda ma’lum bölişiça, hibs vaqtida Novak huşini yöqotib bölgandi. Hempşir grafligi va Uayt oroli politsiyasi xodimlar darhol jonlantiriş amallariga kirişgani, ammo talabaning hayotini saqlab qola olişmaganini ma’lum qilgan. Sudda çiqiş qilgan sud-tibbiy eksperti politsiyaçilarda Novakni qutqarib qoliş imkoni bölmagani – jarohat çuqur bölib, içki qon ketişi kuzatilganini aniq qilib aytdi, deya ta’kidlaydi idora.
Tergovda aniqlanişiça, Digva Novakka 21 santimetr uzunlikdagi tiğli xanjar bilan jarohat yetkazgan. Özi bu qurolni sikhlarning diniy an’anasiga amal qiliş uçun yonida olib yurganini aytgan. Sikhlar jamoasi esa bu xanjar kirpan (sikhlarning uçi tömtoq bölgan va marosimlarda taqiladigan xanjari) deb hisoblab bölmasligini ma’lum qilgan.
Vikram Digva
Hampshire Police / AP / Scanpix / LETA
1 iyun kuni sud Digvani qotillikda aybdor deb topdi. U umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, u faqat 21 yildan keyin muddatidan oldin şartli ravişda ozod qilinişi mumkin. Mahkumning onasi Kiran Kaur esa jinoyatga şeriklikda ayblangan. Unga 17 iyun kuni hukm öqiladi.
Genri Novakning oilasi politsiyaning talabaga nisbatan qilgan harakatlarini «ğayriinsoniy va tahqiromuz» deb baholadi. «Genri nafas ololmayotgani haqida politsiyaçilarga töqqiz marta aytgan. Piçoqlangani haqida tört marta. Genrini esa şağal ustida sudraşgan, qöllarini qayirib, kişan solişgan», – deydi uning otasi Mark Novak. U politsiyaçilarning öğliga va Digva bilan qanday muomilada bölganini kuzatişga «çiday olmagani»ni aytadi. Şu bilan birga, u Genrining oilasi uning ölimidan özaro nafratni kuçaytirişda foydalanilişini istamasligini qöşimça qilgan.
Politsiya Novakning oilasidan rasman uzr söradi. Biroq, hozirça çaqiruvga çiqqan birorta ham politsiyaçiga ayblov qöyilmagan. Politsiya nazorati mustaqil boşqarmasi (IOPC) xodimlarga nisbatan tergov davom etayotganini ma’lum qildi. Hempşir politsiyasi ma’lumotlariga köra, ulardan uç nafari öz faoliyatini davom ettirmoqda, törtinçisi esa iste’foga çiqqan. Ularning barçasi iş böyiça guvoh hisoblanadi, ularga nisbatan heç qanday çeklov qöllanmagan.
Öng populistlar politsiyani ikki xil standartlarda oq tanlilar huquqlari poymol etilişida aybladi. Sauthemptonda Novakni hibsga olgan politsiyaçilarga qarşi norozilik aksiyasi tartibsizlikka aylanib ketdi
2 iyun kuni registratorlardan olingan video e’lon qilingaç, Sauthemptondagi markaziy politsiya bölimi oldida norozilik namoyişi bölib ötdi. Mingga yaqin namoyişçi Buyuk Britaniya bayroqlari hamda «Qölingiz Genrining qoniga belangan», «Bolalarimizni qutqaring» va «Voqea joyidagi politsiyaçilar qamalsin» şiorlari yozilgan plakatlar bilan keldi. Odamlar «Irqçi politsiya, köçalarimizdan yöqol», «Şarmandalar», «Men nafas ololmayapman» deya hayqirişgan.
Sauthemptondagi politsiya uçastkasi oldidagi namoyişçilar, 2026 yil 2 iyun
Finnbarr Webster / Getty Images
Öng qanot faoli Tommi Robinson miting haqida anons bergan va uni qöllab-quvvatlagandi. U namoyişçilar qarşisida sözga çiqib, Hempşir politsiyasini oq tanli britaniyaliklarga nisbatan irqçilikda aybladi. «Agar Genri oq tanli bölmaganida, unga kişan solinmasdi», – deydi faol. Uning sözlariga köra, hukumat oq tanli britaniyaliklarni «ikkinçi navdagi fuqarolar» deb hisoblamoqda. «Oq tanli böliş imtiyozi? Genri yerda yotganida oq tanlilar imtiyoziga ega odamga öxşarmidi?» – deya qöşimça qiladi Robinson.
Bir neça yuz kişi Digvaning uyi yaqinidagi Novak öldirilgan joyga borişga uringanidan söng, norozilik namoyişlari tartibsizliklar va politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketdi. Namoyişçilar politsiyaçilarga şişalar, pivo bankalari, çiqindi qutilari va hatto elektr skuterlarini otişdi. Töqnaşuvlar oqibatida 11 nafar politsiyaçi va xizmat iti jarohatlangan. Tartibsizliklarda iştirok etgan ikki kişi qölga olingan.
Sauthemptondagi norozilik aksiyasi, 2026 yil 2 iyun
Lab Ky Mo / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Finnbarr Webster / Getty Images
Finnbarr Webster / Getty Images
Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Novakning öldirilişi va iş tafsilotlarini «dahşatli va karaxt qiluvçi» deb atadi. Boş vazir 17 yoşli ösmirning otasi sifatida politsiyaçilar registratoridagi kadrlarni körganida özini yomon his qilganini ta’kidlagan. «Politsiya bir qator jiddiy savollarga javob berişi kerak», – deya qöşimça qiladi u.
Starmer norozilik namoyişlari paytida politsiyaçilarga qilingan hujumlarni, şuningdek, siyosiy raqibi, Reform UK partiyasi yetakçisi Nayjyel Farajning bayonotlarini qoraladi. Muxolifatçi politsiya kameralaridan olingan video e’lon qilingandan söng, Britaniya jamiyatini Novak işiga «sovuq ğazab» bilan javob qaytarişga çaqirgandi.
«Irqçi deb atalişdan qörqiş Genri Novakning öldirilişini aniqlaş istagidan kuçliroq bölib çiqdi», – dedi Faraj politsiyaçilarning harakatlariga baho berib. U mamlakatdagi institutlar «oq tanlilar huquqlari va imtiyozlari etnik ozçiliklar huquqlaridan kamroq ahamiyatga ega» bölgan ikki xil standartlardan foydalanişini ta’kidlagan.
Boş vazir parlamentning 3 iyun kungi yiğilişida Reform UK yetakçisini amalda Novakning ölimidan siyosiy maqsadlar va nafrat qözğatişda aybladi.
Konservatorlar yetakçisi Kemi Badenok ham avvalroq Farajni jamiyatdagi bölinişni kuçaytirişda ayblagan. U politsiya kelib çiqişi va terisining rangidan qat’i nazar, barça fuqarolarga bir xil munosabatda bölişi kerakligini qayd etgan.