Prezident yangi ish o‘rinlari bo‘yicha haqiqiy raqamlarni keltirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi marta mamlakat parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etmoqda.
Nufuzli anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolari bilan birga, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq deputatlari hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Murojaatnoma 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.
Prezident 2017 yil amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning natijalari xususida alohida to‘xtaldi va yangi tashkil etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha haqiqiy raqamlarni keltirdi.
«Bu yili 363 ming kishi haqiqiy ish oldi. 5 yil davomida ularni hech kim ishdan haydamaydi. Hech qanday 900 ming-1 mln ish o‘rni degan gaplar yo‘q. Buni manaman degan davlatlar qila olmaydi», dedi prezident.
Prezident bu ko‘rsatkichlarni kelgusida ham son, ham sifat jihatidan yanada oshirishga alohida ahamiyat berish zarurligini ta'kidladi.
Yangi ish o‘rinlari yangi sanoat korxonalarini qurish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan tashkil etilgan.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024