Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev birinçi marta mamlakat parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etmoqda.
Nufuzli anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolari bilan birga, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, şahar va viloyatlardagi mahalliy kengaşlarga saylangan xalq deputatlari hamda barça böğindagi ijro hokimiyati va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat taşkilotlar vakillari iştirok etmoqda.
Murojaatnoma 2017 yilda amalga oşirilgan asosiy işlar yakuni va Özbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng ustuvor yönalişlariga bağişlangan.
Prezident 2017 yil amalga oşirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning natijalari xususida alohida töxtaldi va yangi taşkil etilgan iş örinlari böyiça haqiqiy raqamlarni keltirdi.
«Bu yili 363 ming kişi haqiqiy iş oldi. 5 yil davomida ularni heç kim işdan haydamaydi. Heç qanday 900 ming-1 mln iş örni degan gaplar yöq. Buni manaman degan davlatlar qila olmaydi», dedi prezident.
Prezident bu körsatkiçlarni kelgusida ham son, ham sifat jihatidan yanada oşirişga alohida ahamiyat beriş zarurligini ta'kidladi.
Yangi iş örinlari yangi sanoat korxonalarini quriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş hisobidan taşkil etilgan.











