Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi - Prezident
Viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
«Hozirgi vaqtda viloyatlar o‘rtasida yo‘l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi», deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida.
«Xorazmdan kelayotgan odam qancha postdan o‘tadi. To‘xtatadi, kecha ichgan boshi og‘riyapti, pul olishi kerak, unga beradi, keyin Samarqand, Jizzax...», dedi prezident.
Shu munosabat bilan viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati statsionar postlari sonini keskin kamaytirish lozimligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024