Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV Navoiy viloyatidagi kuchli shamol oqibatlari to‘g‘risida ma'lumot berdi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyatidagi kuchli shamol oqibatlari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 24 dekabr kuni Navoiy viloyatining Nurota va Tomdi tumanlarida 18 m/s.gacha shamol esishi kuzatilgan.
Kuchli shamol oqibatida ma'muriy va turar-joy binolarining tom qismi alohida fragmentlari zarar ko‘rdi.
Shamol oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, joylarda tuman hokimlari boshchiligida FVB, IIB, kommunal xizmatlar va boshqa tegishli idora vakillaridan iborat tezkor shtablar tashkil etildi.
Kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalar safarbar etildi. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan.
Joriy yilning 25 dekabr kuni davomida Navoiy viloyatida kuchli shamol esishi kutilayotganligi sababli xavfsizlik choralariga rioya qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
11:50 / 05.06.2026
Popda cho‘kib ketgan yigit jasadi 8 kunlik qidiruvdan keyin topildi
16:58 / 02.06.2026
Yuqori Chirchiqda quvurga tushib ketgan 5 yoshli bola qutqarib qolindi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
11:55 / 25.05.2026