Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyatidagi kuçli şamol oqibatlari töğrisida ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, 24 dekabr kuni Navoiy viloyatining Nurota va Tomdi tumanlarida 18 m/s.gaça şamol esişi kuzatilgan.

Kuçli şamol oqibatida ma'muriy va turar-joy binolarining tom qismi alohida fragmentlari zarar kördi.

Şamol oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida, joylarda tuman hokimlari boşçiligida FVB, IIB, kommunal xizmatlar va boşqa tegişli idora vakillaridan iborat tezkor ştablar taşkil etildi.

Kuçli şamol oqibatlarini bartaraf etiş uçun zarur bölgan kuç va vositalar safarbar etildi. Jabrlanganlar töğrisida ma'lumot kelib tuşmagan.

Joriy yilning 25 dekabr kuni davomida Navoiy viloyatida kuçli şamol esişi kutilayotganligi sababli xavfsizlik çoralariga rioya qiliş söralgan.