Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga köra, 24 may kuni soat 14:05 da Toşkent viloyati FVBBga 10 nafar fuqaro Katta Çimyon toğiga sayohatga çiqqan vaqtida ulardan biri sirpanib yiqilgani va tan jarohati olgani haqida xabar kelib tuşgan.

Xabar ortidan Çimyon qutqaruv otryadi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvçilar jabrlangan fuqaroga birinçi tibbiy yordam körsatib, uni dengiz sathidan taxminan 2300 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tuşgan.

 

Şundan söng fuqaro tez tibbiy yordam xodimlariga topşirilgan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxşi ekani bildirilmoqda.