Qirg‘iziston prezidenti Qozog‘istonga parvoz qildi
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 25 dekabr kuni Qozog‘iston tomoni taklifiga ko‘ra ushbu respublikaga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida S.Jeenbekov va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning tor doiradagi uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, ikki davlat yetakchisi kengaytirilgan shaklda muzokaralar olib boradi, ular davomida ikki tomonlama aloqalar va YeOII doirasidagi hamkorlikka oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Tashrif yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolanadi, davlat rahbarlari qo‘shma bayonotni qabul qilishadi.
Rasmiy tashrif doirasida S.Jeenbekovning Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
18:44 / 02.10.2024
Qirg‘izistonning 4 ta pansionati O‘zbekistonga berildi
14:28 / 02.10.2024
Islohotlarni hayotga tatbiq etish uchun prezidentga 7 yil muddat yetarli - To‘qayev
22:02 / 01.10.2024