3 iyun kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi Avstriya, Qirğiziston, Portugaliya, Trinidad va Tobago hamda Zimbabveni 2 yillik muddatga Xavfsizlik Kengaşining 15 ta a’zolik tarkibiga sayladi. Ular Xavfsizlik Kengaşining doimiy bölmagan a’zolari böladi va 2027 yil 1 yanvardan iş boşlaydi.
Uşbu örinlardan birini qölga kiritiş uçun faol harakat qilgan Germaniya «Ğarbiy Yevropa va boşqa davlatlar guruhi»ga ajratilgan ikkita örin uçun kuraşda Portugaliya va Avstriyaga yutqazdi.

Reuters’ning yozişiça, Osiyo-Tinç okeani guruhi kvotasi uçun Filippin va Qirğiziston örtasidagi bellaşuv esa tört bosqiçli ovoz berişgaça davom etdi. Yakunda Qirğiziston 142 ovoz bilan öz tarixida ilk bor Xavfsizlik Kengaşi a’zoligini ta’minladi.
Yangi saylangan 5 davlat quyidagi mamlakatlarning örnini egallaydi:
Zimbabve – Somali örniga;
Trinidad va Tobago – Panama örniga;
Portugaliya va Avstriya – Daniya va Gretsiya örniga;
Qirğiziston – Pokiston örniga.
Yana 5 ta a’zo davlatlar — Bahrayn, Kolumbiya, Kongo, Latviya va Liberiya 2027 yil oxirigaça Kengaşdagi faoliyatini davom ettiradi.
Qirğiziston qanday takliflarni ilgari surmoqda?
Qirğiziston taşqi işlar vazirligi uşbu ğalabani xalqaro hamjamiyatning yuksak işonçi, şuningdek, BMT davlatlari oldida ulkan mas’uliyat, deb bilişini ma’lum qildi.
BMT Xavfsizlik Kengaşiga a’zoligi davrida Qirğiziston quyidagi maqsadlarga qaratilgan ustuvor vazifalarni ilgari surmoqçi:














