Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Buxoroda “Armiya va yoshlar” festivali
Joriy yilning 25 dekabr kuni Buxoro shahrida aholi va yoshlar ishtirokida “Armiya va yoshlar” nomli festival o‘tkazildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida tashkil etilgan festivalda besh mingga yaqin yoshlarga harbiy texnika va qurollar ko‘rgazmasi, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, Buxoro ARK majmuasidan Boqiy Buxoro monumentigacha bo‘lgan masofada yugurish marafoni uyushtirildi. Shuningdek, festivalda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashining o‘quv-sport texnika klublari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi tomonidan texnik imkoniyatlar namoyish etildi.
Marafonda g‘olib chiqqan harbiy xizmatchilar va yoshlar Buxoro viloyati hokimligi va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.










Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026