Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda bir kunda 100ga yaqin jangari yo‘q qilindi
Afg‘oniston hukumati kuchlari 26 dekabr kuni maxsus amaliyot vaqtida 86 nafar jangarini yo‘q qildi. O‘ldirilganlar orasida «Tolibon»ning 3 nafar dala qo‘mondoni bor. Bu haqda respublika milliy mudofaa vazirligiga asoslangan holda Bakhtar agentligi xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, harbiy amaliyot mamlakat shimolida (Faryob viloyati), shuningdek, janubda (Hilmand, Qandahor, Zobul), sharqda (Nangarhar, Lag‘mon, Paktika), markazda (G‘azna, Vardak, Uruzg‘on) olib borilgan. Qayd etilishicha, 30 nafar jangari jarohatlangan, 7 nafari asirga olingan.
Oxirgi oylarda Afg‘onistondagi vaziyat ancha yomonlashgan. «Tolibon» harakati yirik shaharlarga hujum qila boshlagan. Shuningdek, mamlakatda IShID ta'siri kuchaygan.