Sport | 18:40 / 28.12.2017
4520
1 daqiqa o‘qiladi
APLda yangi murabbiy
«Suonsi Siti» klubi rahbariyati «Sheffild Uensdey»ning sobiq murabbiyi Karlush Karvalyalni yangi murabbiy etib tanladi. Ushbu 52 yoshli mutaxassis 24 dekabr kuni «Suonsi» bilan kelishuvga erishganidan keyin iste'foga chiqqandi.
Portugaliyalik mutaxassis bilan 2017/18 yilgi mavsum oxiriga qadar shartnoma tuzilgan. Bu kelishuv keyinroq uzaytirilishi mumkin.
Karvalyal uelsliklar klubida 20 dekabr kuni ishdan bo‘shatilgan Pol Klement o‘rnini egalladi.
«Suonsi Siti» yangi murabbiy bilan ilk mashg‘ulotni o‘tkazib bo‘lgan. «Oqqushlar» jamoasi 30 dekabr kuni APLning 21-turi doirasida «Uotford»ga qarshi o‘ynaydi.
Mavzuga oid
22:10 / 10.09.2017
«Nyukasl» murabbiysiz ham «Suonsi»ni yengdi
22:37 / 25.02.2017
APL. «Chelsi» eng yaqin ta'qibchisidan 11 ochkoga ilgarilab ketdi
22:41 / 21.01.2017
APL. «Liverpul» bir yildan ortiq davom etgan an'anani buzib qo‘ydi
00:37 / 15.05.2016