Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Goldman AQSh soliq qonuni tufayli 5 mlrd dollar daromad ko‘radi
Goldman Sachs Group Inc. moliya muassasasining yilning to‘rtinchi chorakdagi daromadi 5 mlrd dollarni tashkil etadi. Shu bilan Goldman Sachs soliq islohotining korporativ daromad olishga bir tomonlama ta'siriga doir tafsilotlarni e'lon qilgan birinchi bank bo‘ldi.
Prezident Donald Tramp tashabbusi bilan 25 dekabr kuni kuchga kirgan soliq islohoti qisqa muddatda og‘riqli kechishi, biroq dunyo bo‘ylab biznes yuritadigan Goldman kabi korporatsiyalariga uzoq muddatli istiqbolda daromad keltirishi taxmin qilinar edi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.
Citigroup va JPMorgan Chase & Co kabi yirik kompaniyalar kelgusi yillarda xorijdagi 2,8 trln dollardan ortiq mablag‘ AQShga qaytishini taxmin qilgan edi. Ularga bir martalik soliq solinishi Amerika federal daromadini 339 mlrd dollarga oshirishi kerak.
Bu choralar xalqaro korporatsiyalarga birmuncha qiyinchiliklar yaratadi, ammo ular belgilangan soliqni 8 yil mobaynida to‘lash imkoniga ega bo‘lishadi.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026